Prava test onlayn: haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorlanish

Prava Test EDU — O'zbekistonda haydovchilik guvohnomasi (prava) imtihoniga tayyorlanish uchun onlayn platforma. Bu yerda yo'l harakati qoidalari (YHQ) bo'yicha 1200 dan ortiq savol, 20 savollik biletlar, mavzular bo'yicha testlar va haqiqiy imtihon rejimi bor. Har bir savol izohi bilan beriladi, xatolaringiz alohida yig'iladi va tayyorgarlik foizi hisoblanadi.

Bu testlarni ko'pchilik «prava test», «avtotest» yoki «YHQ testlari» deb qidiradi — barchasi haydovchilik guvohnomasining nazariy imtihonidagi savollar haqida. Pravaga tayyorlov shu savollarni yechish va xatolar ustida ishlashdan boshlanadi.

Testlarni ro'yxatdan o'tmasdan ham yechish mumkin: biletlar, mavzular va imtihon mehmon sifatida ochiq. Hisobingizga kirsangiz, natijalar saqlanadi, statistika yuritiladi, marafon, Oktagon bellashuvi, AI yordamchi va ovozli tushuntirishlar ochiladi. Platforma o'zbek (lotin va kirill) hamda rus tillarida ishlaydi, mobil ilova ham, veb-sayt ham bitta hisob bilan ishlaydi.

Savol-javob

Ro'yxatdan o'tish shartmi?

Yo'q. Biletlar, mavzular va imtihon rejimini darhol boshlash mumkin. Natijalar saqlanishi va tayyorgarlik hisoblanishi uchun keyin Telegram, Google yoki email orqali kirasiz.

Bepulmi?

Ha, asosiy imkoniyatlar bepul va reklamasiz. Qo'shimcha imkoniyatlar uchun Standard yoki Premium tarifga o'tish mumkin.

Imtihon rejimi qanday ishlaydi?

20 savol, 25 daqiqa, 2 tagacha xatoga ruxsat — haqiqiy imtihon tartibida. Savollar tasodifiy emas: avval 3 martaga yetmagan, keyin ko'p xato qilganlaringiz beriladi.

Internetsiz ishlaydimi?

Mobil ilovada — ha. Savollar bazasi telefonga yuklangach, testlar internetsiz ishlaydi, natijalar internet paydo bo'lganda saqlanadi. Oktagon kabi jonli bo'limlarga internet kerak.

Tayyorgarlik foizi qanday hisoblanadi?

Har bir savol uchun 3 ta ishlash hisoblanadi. Barcha bo'limlar — bilet, mavzu, marafon, imtihon va Oktagon — birga sanaladi. 100% faqat hamma savol kamida 3 martadan ishlanganda chiqadi.

«O'tish ehtimoli» nima?

Shaxsiy natijalaringizdan hisoblangan taxmin: 20 savollik biletdan kamida 18 tasini to'g'ri ishlash ehtimoli. Kafolat emas — tayyorgarligingiz uchun mo'ljal.

Oktagon nima?

Onlayn 1 ga 1 jang: ikkingizga bir xil savollar beriladi, kim tezroq va ko'proq to'g'ri javob bersa — o'sha g'olib.

Qaysi tillarda ishlaydi?

O'zbek (lotin), o'zbek (kirill) va rus tillarida. Tilni istalgan vaqtda almashtirish mumkin.

Avtomaktab qanday ulanadi?

Ariza qoldiring — maktab paneli ochiladi, o'quvchilarni guruhlarga qo'shasiz.